Imom Muhammad ibn Saud Islom universiteti

Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni
Imom Muhammad ibn Saud Islom universiteti
Imom Muhammad ibn Saud Islom universiteti (IMSIU) — Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan yirik davlat universitetlaridan biridir. Universitet tarixi 1953-yilda Shariat fakulteti tashkil etilishidan boshlanadi, 1974-yilda esa rasmiy ravishda universitet maqomiga ega bo‘lgan.
Universitet dastlab islomiy va gumanitar fanlarga ixtisoslashgan bo‘lib, keyinchalik ta’lim yo‘nalishlari kengaytirildi. Bugungi kunda universitetda islomiy ilmlar, arab tili, ijtimoiy va gumanitar fanlar bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari, muhandislik, tabiiy fanlar va boshqa zamonaviy sohalarda ham ta’lim beriladi.
To‘liq grant nimalarni qoplaydi?
Xalqaro talabalar uchun to‘liq grant o‘qish va yashash bilan bog‘liq asosiy xarajatlarni qoplaydi.
  • Bepul ta’lim
    Universitetdagi o‘qish to‘lovi to‘liq qoplanadi.
  • Oylik stipendiya
    Har oy 840 SAR (taxminan 223 AQSh dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
  • Aviachiptalar
    Saudiya Arabistoniga ilk kelish uchun aviachipta hamda yozgi ta’til vaqtida vatanga borib-kelish uchun aviachiptalar taqdim etiladi.
  • Umra imkoniyati
    Talabalar Saudiya Arabistonida tahsil olish davomida Umra ziyoratini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kerakli hujjatlar
Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati
Majburiy hujjatlar
1. Xorijga chiqish pasporti
Amaldagi xorijga chiqish pasporti.
2. Shaxsiy surat
Aniq va sifatli shaxsiy surat.
3. Attestat
Maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat.
4. Sudlanmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma
Ma’lumotnomani my.gov.uz sayti orqali onlayn olishingiz mumkin.
Ixtiyoriy hujjatlar
1. 086 tibbiy ma’lumotnoma
Ma’lumotnomani yashash joyingizga yaqin poliklinikadan olishingiz mumkin.
2. Tavsiyanoma
O‘qituvchi yoki ta’lim muassasasidan tavsiyanoma.
3. Rezyume (CV)
Ta’lim, ko‘nikmalar va yutuqlar haqida qisqacha ma’lumot.
4. Qo‘shimcha sertifikatlar
SAT, ACT, GRE, GMAT, IELTS, TOEFL, STEP, Cambridge English, Hamza, HSK/TOCFL, DELF/DALF, STEM, AP, IB va boshqa sertifikatlar.

Eslatma: Ayrim ta’lim yo‘nalishlarida yuqoridagi sertifikatlardan ba’zilari majburiy talab qilinishi mumkin. Talablar tanlangan yo‘nalishga qarab farq qiladi. Batafsil ma’lumotni “Ta’lim yo‘nalishlari” bo‘limida ko‘rishingiz mumkin.
Ta’lim yo‘nalishlari
Imom Muhammad ibn Saud Islom universiteti mavjud yo‘nalishlari bilan tanishing
Made on
Tilda